Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU axborot resurs markazi mudiri Marg’uba Meliyevna Yo’ldasheva «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

19.05.2021, 22:34 Yangiliklar 1657

Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida «Central Asia – 2021: Fan, ta’lim va biznesda internet va axborot kutubxona resurslari» XIV xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda AOKA direktori Asadjon Xodjayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev, shuningdek, O‘zbekiston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston milliy kutubxonalari rahbarlari, soha mutaxassislari, yozuvchilar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 Xalqaro konferensiya doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning gumanitar hamkorligi bo‘yicha «Kitob va mutolaa — jamiyat taraqqiyotining strategik resursi» mavzusida forum, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 150 yillik yubileyini nishonlash, «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi ham o’tkazildi. Ushbu konferensiyada TDSHU axborot resurs markazi direktori Marg’uba Meliyevna Yo’ldasheva ham «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan  taqdirlandi.

Mukofot muborak bo’lsin.

 EDAD691C-DA08-460F-8007-CD6AEF3E33DA

3460A05B-722B-48E0-8A65-1ABD2DC5F6D2

BDFC72FF-6680-4F5B-AB58-3E3CB061765F