Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ikkinchi mutaxassislik

 2

2023/2024 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga
sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlarining
ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha
TAQSIMLANISHI

Shifr Vazirlik, idoralar, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari nomi To‘lov-kontrakt asosida
Jami shu jumladan:
o‘zbek (35) rus (15)
1  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 66 37 29
60220300 Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha) 5 4 1
60220500 Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati) 10 3 7
60310800 Xalqaro munosabatlar 10 3 7
60411800 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 11 7 4
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 18 12 6
61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha sharq tillari bilan) 12 8 4

2023/2024 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga
kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlarining
ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha
TAQSIMLANISHI

Shifr Vazirlik, idoralar, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari nomi To‘lov-kontrakt asosida
Jami shu jumladan:
o‘zbek rus
1 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 34 34 0
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili 9 9 0
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: uyg‘ur tili 8 8 0
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili 4 4 0
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili 5 5 0
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili 8 8 0

 

IKKINCHI  MUTAXASSISLIK TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 24- sentabrdagi 606-son qaroriga
ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni tashkil etish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

  1. «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga egadirlar.
  2. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishlari mumkin.
  3. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, muayyan oliy ta’lim muassasasida bir yil oldingi qabul parametrlarida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllarida tashkil etiladi.

2-bob. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilishni tashkil etish

  1. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
  2. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan qabul komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — qabul komissiyasi)ga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim qabulini amalga oshirish vazifasi yuklatiladi.
  3. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abiturientlar har yili 10 iyuldan 10 avgustga qadar (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
  4. Abiturientlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

  1. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) oliy ta’lim muassasasining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1 iyulga qadar oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
  2. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari har yili 30 avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.
  3. Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi.

Shartnomalar yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.

Shartnoma shartlari, ularni amalga oshirish tartibi hamda tomonlarning majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun to‘lov-kontrakt miqdori bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
  2. Talabalarni o‘qishga qabul qilish shartnomada belgilangan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

3-bob. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etish

  1. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar 2-kursdan boshlanadi.

Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

  1. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasi va fan dasturlari tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi ta’lim shakli uchun tasdiqlangan o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq holda alohida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
  2. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 20- iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
  3. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda tahsil olgan shaxslarga, davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha, davlat namunasidagi hujjat (diplom va uning ilovasi) beriladi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar

 ______________________________________________

12.07.2023, 12:01 29931