Pokiston Islom Respublikasining “Balochistan Zind” va “Balochistan Today” jurnallari bosh redaktori Yar Muxammad Badini bilan uchrashuv o’tkazildi
2021-yil 15-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Pokiston Islom Respublikasining “Balochistan Zind” va “Balochistan Today” jurnallari bosh redaktori Yar Muxammad Badini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda mehmon Yar Muxammad Badini o‘rtasida universitetda urdushunoslik sohasini rivojlantirishda olib borilishi mumkin bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
