Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

29.06.2026, 19:10 Yangiliklar 86

Tadbirda TDSHU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R. Tursunov ishtirok etdi. Bayramni TDSHU talabasi Komronbek Inoyatullayev olib bordi, Yodgorjon Ibragimov esa o‘zining diltortar jonli kuy-qo‘shiqlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Tadbir davomida TDSHUning bir guruh faol talabalari — Nurullayev Hojiakbar Azamat o‘g‘li, Inoyatullayev Komronbek Sherzod o‘g‘li, Yuldashev Odamboy Qudrat o‘g‘li hamda Toshmirzayeva Nilufar Mamasoliyevna tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur hamkorliklar izchil davom etib, yoshlarning tashabbus va faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.