Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari Zeyd Raad al-Huseyn janoblari bilan uchrashuv

27.06.2018, 00:39 Yangiliklar 3433

2018-yilning 26-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, 20 dan ortiq talaba va magistrantlari, 3 nafar tayanch doktoranti O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz hamkorligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari Zeyd Raad al-Huseyn janoblari bilan tashkil etilgan vebinarda ishtirok etishdi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan vebinar janob Zeyd Raad al-Huseynning O’zbekistonga tashrifi yakunlariga bag’ishlab o’tkazilgan bo’lib, unda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishdi. Vebinar jarayonida Jeneva shahridan Zeyd janoblariga bilan birga Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz (O’zbekiston) direktori Akmal Saidov ham muloqotga chiqdi. Online-seminar jarayonida O’zbekistonlik talaba yoshlar BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissariga xalqaro maydonda hamda mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash va kafolatlash masalalariga bag’ishlangan savollar bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bu jarayonda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari ham faol ishtirok etishdi. Xususan, institutimizning Xitoyshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi Abduqodirov Navruzbek, Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti 1-kurs talabasi Xudoyqulov Azamjon, Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti 1-kurs magistranti Manzurova Nilufar o’z savollari va takliflarini bildirib o’tdilar. Ayniqsa, Manzurova Nilufarning arab tilida savol bilan murojaat etgani Zeyd janoblarida katta taassurot qoldirdi.
To’liq ingliz tilida olib borilgan vebinarda mamlakatimizda so’nggi yillarda inson huquqlarini ta’minlash va kafolatlash bo’yicha olib borilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Vebinar ishtirokchilari o’z savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo’lish bilan bir qatorda, inson huqularini ta’minlash bo’yicha xalqaro darajada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ko’plab ma’lumotlar oldilar.
Vebinar yakunida barcha ishtirokchilar joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahrida mintaqada inson huquqlari masalalariga bag’ishlab o’tkazilayotgan xalqaro forumda ishtirok etishga taklif etildi.

photo_2018-06-28_00-40-08 photo_2018-06-28_00-40-09