Universitet kengashining 9-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Hay’at qarorlari va buyruqlari ijrosi holati yuzasidan axborot berildi. Shunigdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-apreldagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar hamda ularning TDSHU oldidagi ahamiyati muhokama qilindi.


Yig‘ilish davomida davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyalarining himoyasiga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.



Kun tartibiga muvofiq, Ogahiy nomidagi maxsus stipendiya bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari hamda Shoislom Shomuhammedov nomidagi maxsus stipendiyani ta’sis etish bo‘yicha Nizomni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.