Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Kafedra 2018 yilda “Tinch okeani mintaqasi va Janubi-Sharqiy Osiyo iqtisodiyoti va mintaqaviy tadqiqotlar” kafedrasidan ajralib chiqib, 7 shtat birligidan iborat “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” kafedrasi nomini oldi. 2020-yilda kafedra faoliyati “Koreya tarixi va madaniyati” kafedrasi bilan birlashish hisobiga kengayib, “Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi deb nomlandi.
Hozirgi kunda kafedrada professor-o‘qituvchilar soni 11 ta shtat birligini tashkil etadi, shundan: 1 nafar professor, 1 nafar dotsent va DSc, 2 PhD/fan nomzodi, 6 nafar o‘qituvchi va 1 nafar koreyalik professor.
Kafedraning ilmiy salohiyati 36 % tashkil etadi.
BAKALAVR YO‘NALIShI:
- 5210300 – Siyosatshunoslik
- 60310800 – Хаlqaro munosabatlar
- 5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Koreya iqtisodiyoti)
- 5120300 – Tarix (Koreya tarixi)
MAGISTRATURA IXTISOSLIGI YO‘NALIShLARI:
- 5А121102– Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati (Koreya Respublikasi)
- 5А231001 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Koreya Respublikasi)
- 5А120302 – Tarix(faoliyat turlari va va yo’nalishlari bo’icha)
Kafedraning ilmiy loyhasi
- Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish (BMI, MD, PhD mavzulvri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish);
- Ilmiy-tadqiqot loyihalari tayyorlash;
- Tahliliy materiallar tayyorlash
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O‘zR FA Tarix instituti
- O‘zRFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- O‘zbekiston Respublikasi strategik taxlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi
- 6O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi
- O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar