Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Matematika va umumiqtisodiy fanlar kafedrasi

Kadirkulov Baxtiyor Jalilovich
Ilmiy darajasi va unvoni: Fizika – matematika fanlari doktori, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Dushanba (13:00 – 15:00)
Tel.: +99890 3588596
E-mail: baxtiyar_kadirkulov@tsuos.uz

Matematika va umumiqtisodiy fanlar kafedrasi

Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti tashkil etilishi bilanoq 1992-yil sentabr oyida ToshDShI tarkibida “Oliy matematika va informatika” kafedrasi tashkil etilib, bu kafedraga mudirlik qilish fizika- matematika fanlari doktori, dotsent L.P. Yugay zimmasiga yuklatildi. Dastavval bu kafedrada Yugay L.P, Jalilov A., Umarov A., Burilxiev S., Burilxiyev R., Giyazitdinov U., Imamov T. lar faoliyat ko‘rsatganlar. 2000 – yilda bu kafedra ikki kafedraga – «Oliy matematika» va «Informatika» kafedrasiga ajratildi. «Informatika» kafedrasi yangi tarkibda ish boshlab, bu kafedrada Abidov A., Pulatov A., Kodirova N.R., Razzakova D., Ergashova N., Malsheva L., Normatov R.lar faoliyat ko‘rsata boshladi. 2005 – yil 28 – sentabrda institut rahbarining K/01-72 buyrug‘iga asosan «Tabiiy fanlar», «Oliy matematika» va «Informatika» kafedralari asosida yangi «Tabiiy fanlar, oliy matematika, informatika» kafedrasi tashkil qilindi. Bu kafedraga biologiya fanlari nomzodi Usmanova G.U. boshchilik qildi. 2008 – yili “Tabiiy fanlar, oliy matematika, informatika” kafedrasi negizida “Matematika va informatika” kafedrasi tashkil etilda va unga fizika-matematika fanlari nomzodi Qodirqulov B.J. boshchilik qildi. 2013 – 2017 yillar kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi Nasirov K.E. mudirlik qildi. 2015 yildan kafedra nomi “Matematika va axborot texnologiyalari” deb nomlana boshlandi.

2021 yilda kafedra iqtisodiyot o‘qituvchilari qoshilgani sababli “Matematika va umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi. Hozirda kafedraga fizika-matematika fanlari doktori, dotsent Kadirkulov B.J. mudirlik qilmoqda.

Kafedraning ilmiy loyhasi

  • Iqtisodiyotdagi innovatsion va investitsion jarayonlarning matematik tahlil usullari

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • Al – Xorazimiy nomidagi axborot texnologiyalari universiteti
  • Sultan Qaboos University (SQU) – Oman sultonligi

    Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

 

29.01.2023, 23:12 10625