Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!!!

15.10.2020, 21:30 Yangiliklar 6005

DIQQAT DIQQAT DIQQAT!!!

2020-2021 yilgi test sinovlari natijasiga ko‘ra Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga o‘tish ballarini to‘play olmagan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!!!

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzurida
Namangan va Xiva shaharlarida

SHARQ TILLARI VA XIZMAT KO‘RSATISH TEXNIKUMLARI

tashkil etilgan.

Bu texnikumlarda davlat grantlari va to‘lov-shartnoma asosida Turizm, Soliq va soliqqa tortish, Buxgalteriya hisobi va audit, Kompyuter injiniring sohalari bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlanadi va xorijiy til sifatida

arab, fors, turk, xitoy, koreys va yapon tillari  o‘qitiladi.

 Texnikumlarimizda 2 yil davomida faqat a’lo baholarga o‘qisangiz va  ularni muvaffaqiyatli yakunlasangiz, ko‘rsatilgan  sohalar bo‘yicha kichik mutaxassis diplomi bilan birga yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bir biriga  mos keladigan oliy ta’lim muassasalarining, shu jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA MAMLAKATSHUNOSLIK

hamda

TURIZM

ta’lim yo‘nalishlariga

 2-kursdan  suhbat asosida qabul qilinish imkoniyatini ham qo‘lga kiritasiz!!!

Texnikumlarga o‘qishga kirish uchun onlayn arizalaringizni texnikum.edu.uz platformasi orqali 2020-yil 20-oktabriga qadar topshirishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

Namangan  sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumiga 

+99890-596-00-78 

+99890-279-53-59

+99899-636-66-21

Xiva sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumiga

+998623776525

+998914352785