“Amir Temur va uning merosi” nomli kitob taqdimoti
2026-yil 30-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Axborot-resurs markazida turkiyalik doktor, huquqshunos va sotsiolog professor Kemal Yavuz Ataman tomonidan yozilgan 2 jildlik “Amir Temur va uning merosi” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Taqdimot davomida asarda buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning siyosiy faoliyati, davlat boshqaruvi, huquqiy qarashlari hamda boy tarixiy merosi keng yoritilgani ta’kidlandi.
Professor Kemal Yavuz Ataman kitobning yaratilish jarayoni, ilmiy manbalar asosida olib borilgan tadqiqotlar hamda Amir Temur shaxsining jahon tarixidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, muallif bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv yakunida kitobning ilmiy va ma’naviy ahamiyati alohida e’tirof etilib, bunday tadbirlar yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.




