Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Avlodlarga maktub: TDŞUda Prezidentning nabirasiga yöllagan maktubi mazmuniga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi

25.11.2026, 17:22 Yangiliklar 30

Tarixda davlat rahbarlarining öz avlodlariga maktub orqali hayotiy tajribalari, ma’naviy qaraşlari va ezgu ögitlarini yetkaziş an’anasi mavjud bölgan. Boburiy hukmdor Avrangzeb Olamgirning nabiralariga bitgan maktublari, Fransiya qiroli Lyudovik XIV ning nabirasi Filipp V ga yöllagan nasihatlari ana şu tarixiy an’ananing yorqin namunalaridir. Bugun uşbu an’ana Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga safari davomida suyukli nabirasi Şavkatbekka bitgan maktubida yangiça mazmun kasb etmoqda.

2026-yil 25-noyabr kuni  Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida uşbu maktub mazmun-mohiyatini yoşlar orasida keng tarğib qilişga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi. Unda universitet rektori, professor Saodat Nasirova, prorektorlar hamda 500 dan ortiq talaba-yoşlar iştirok etdi.

Tadbir davomida avlodlar örtasidagi ma’naviy muloqot, hayotiy tajriba, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarning kelajak avlodga yetkazilişi ifodasi bölgan maktubdagi quyidagi asosiy ğoyalar atrofliça tahlil qilindi:
Xalqqa xizmat — umrning mazmuni. Prezident qaysi lavozimда işlamasin, doimo odamlarning oğirini yengil qilişni öz oldiga oliy maqsad qilib qöyganini ta’kidlaydi. Xorijiy safarlari ham aynan yurt farovonligi va xalq manfaati uçun yangi hamkorlar topişga qaratilganini izohlaydi.

Bolaning örni — maktabda. Davlat rahbari özining ön yillik maktab davrining deyarli yarmi paxta dalasida ötganini xotirlaydi. Aynan şu aççiq tajriba ortidan bolalarni dala mehnatidan ozod qilib, ularni maktabga — ilm dargohiga qaytarişga nega ustuvor ahamiyat berganini tuşuntiradi.
Iqtidorni erta köriş va parvarişlaş. Bilimli yoşni voyaga yetkaziş boğbonning maşaqqatli mehnatiga qiyoslanadi. Niholning meva berişi uçun yillar kerak bölganidek, bolaning qobiliyatini röyobga çiqariş ham uzoq yillik e’tibor va ğamxörlikni talab etadi.

Yoşlikda olingan bilim bir umr asqotadi. Yoşlikda egallangan bilim «toşga öyilgan naqş»ga öxşatiladi. Maktubda kitob mutolaa qiliş, xorijiy tillarni örganiş, zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalaniş, ammo ularga qaram bölib qolmaslik zarurligi uqtiriladi.
Vaqt — qaytarib bölmaydigan boylik. «Vaqt yetmaydi, vaqt!» degan samimiy iqror orqali Prezident yoşlarni har bir daqiqani qadrlaşga, bugungi işni ertaga qoldirmaslikka va boşlangan işni albatta oxiriga yetkazişga çorlaydi.

Vatanga muhabbat elga naf keltirişda körinadi. Davlat bayroği Vatan va milliy ğurur timsoli sifatida ta’riflanadi. Nabirasiga qaysi kasbni tanlamasin, avvalo, yurtiga foydasi tegadigan inson böliş tilagi bildiriladi.
Odamiylik — insonning asl ziynati. Har qanday vaziyatda ham halollik, kamtarlik, mardlik va mehnatsevarlik fazilatlarini asrab qoliş maktubning yakuniy ögitidir.
Tadbirda alohida qayd etilganidek, Prezident uşbu samimiy tilak va nasihatlarini nafaqat nabirasiga, balki Özbekistonning barça farzandlariga bağişlagan. Uçraşuv yakunida talaba-yoşlar maktubdagi hayotiy saboqlar öz oldilariga qöygan maqsadlarga erişişda muhim dasturilamal bölişini ta’kidladilar.