Barchangizni «Qog’ozsiz bir kun» ekoaksiyasida faollikka chorlaymiz!
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida har oyning so’nggi jumasida «Qog’ozsiz bir kun ekoaksiyasi o’tkaziladi.
Mazkur tashabbus doirasida:
hujjatlar elektron shaklda yuritiladi
qog’oz sarfi qisqartiriladi
raqamli boshqaruv tizimlari keng joriy etiladi;
ekologik barqarorlikka hissa qo’shiladi.
Bugungi kichik qadam ertangi yashil kelajak uchun!