Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Davlat ilmiy-texnik dasturlaridagi va xalqaro miqyosdagi grant loyihalarini qo‘lga kiritish yo‘llari” mavzusida mahorat darsi

30.12.2019, 17:14 Yangiliklar 1331

Sharq filologiyasi fakultetining qishki ta’til rejasiga muvofiq, 30-dekabr kuni Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi M. Qalandarov “Davlat ilmiy-texnik dasturlaridagi va xalqaro miqyosdagi grant loyihalarini qo‘lga kiritish yo‘llari” mavzusida mahorat darsi o‘tib berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinayotgan tanlovlar, ularning turlari, ariza topshirish talablari, bu jarayonlarda e’tibor qilinishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tanlovlarning yo‘nalishlari, innovatsion loyihalar yaratish usullari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Xalqaro loyihalar doirasida qilinayotgan ishlar va istiqbolli rejalar, ularni qo‘lga kiritish asoslari hamda bosqichlari yuzasidan amaliy-ilmiy tavsiyalar berildi.

photo_2019-12-30_12-43-22-300x169 photo_2019-12-30_12-43-20-300x169 photo_2019-12-30_12-43-17-300x169 photo_2019-12-30_12-30-29-300x169