Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

DIQQAT TANLOV

13.01.2024, 11:02 560

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2024/2025 o‘quv yilida Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida bir yillik stajirovka o‘tashga nomzodlarni tavsiya etish uchun tanlov o‘tkaziladi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti uchun 20 ta grant ajratilgan.

Tanlov quyidagi tartibda tashkil etiladi: 

1. Xitoy tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha tanlov joriy yilning 25-yanvar kuni soat 09:00 da;

2. Ma’naviyat va ma’rifat sohalaridagi bilim va ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha tanlov joriy yilning 26-yanvar kuni soat 09:00 da.

Tanlovlar universitetning Asosiy  binosining 2-qavat auditoriyalarida o‘tkaziladi.

Imtihon uch bosqichda o‘tkazilishi belgilangan:

1-bosqich; Xitoy tilidan test.

2-bosqich; Xitoy tilidan og‘zaki imtihon.

3-bosqich; Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha og‘zaki imtihon.

 

Tanlovda qatnashish uchun arizalarni 2024 yil 19 yanvariga qadar(shu kuni ham) Xitoyshunoslik fakulteti dekani Qahramon Utkurovich Imomnazarovga topshirishingiz mumkin. Arizalar ko‘rib chiqilib, 2024 yil 23  yanvarida tanlovda qatnashishga tavsiya etilganlar ro‘yxati e’lon qilinadi.

Telefon: +99897 700-91-42