Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Elim, ona tilim, ruhimning qoni” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy uchrashuv

19.10.2019, 20:07 Yangiliklar 1528

19-oktabr kuni ToshDSHIda “Elim, Ona tilim, ruhimning qoni” mavzuida ma’rifiy uchrashuv uyushtirildi. Unda O’zbekiston xalq shoiri, Senatning Yoshlar, madani yay valentines sport masalalari qo’mitasi raisi Iqbol Mirzo, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Ro’zi Saidov, O’zbekiston Xalq artisti Tesha Mo’min, shoir Aziz Anvar, f.f.d., professorlar Qosimjon Fozil o’g’li va Qudratulla Sharifxon o’g’li qatnashdilar.

Hozirgi globallashuv jarayonida yuksalgan Sharq ellarida milliy tilni saqlash hamda turli siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarning muloqot maydonida ona tilini faol qo’llash borasida ulardan o’rganish kerak bo’lgan qirralarni ham o’zbek jamiyatiga yetkazuvchi asosiy kuch Sharqshunoslik instituti talabalari ekanligi aytildi.

Uchrashuv talabalarning badiiy-ma’rifiy chiqishlari, institutda o’zbek tilini o’rganayotgan chet ellik talabalarning qutlovlariga ulanib ketdi.

Tadbir yakunida ToshDSHI professor-o’qituvchilarining Turkiy tillar tarixi, o’zbek tili ildizlari, manbashunoslik va matnshunoslik yo’nalishlarida nashr etgan yangi kitoblari ko’rgazmasi ham bo’lib o’tdi.

A01EB60A-23C1-4A65-A7C1-97CFB26EB232 980C30C3-0514-463B-8DAA-30E61EE56DF7 2457544A-BACE-4D48-8AA9-1BC87858254C 30D31E1C-2D96-4594-98C9-D94D2944CCA8