Varshava universiteti (Polsha) hamkorligidagi onlayn ilmiy-nazariy seminar
2025 yil 13-noyabr sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti hamda Varshava universiteti (Polsha) hamkorligida onlayn ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi. Seminar mavzusi – Rhetoric of the Earliest Parliamentary Speeches in Iran: Between Tradition and Modernity (Erondagi ilk parlament nutqlarining ritorikasi: an’ana va zamonaviylik o‘rtasida) deb nomlandi. Ma’ruzachi – TDSHU hamkori bo‘lgan, Varshava universiteti, Osiyo va Afrika madaniyatlari fakulteti, Eronshunoslik bo‘limi professori, falsafa fanlari doktori (PhD) – Stanislav Adam Yaskovskiydir.
2025-yil 13-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti hamda Varshava universiteti (Polsha) hamkorligida onlayn formatda ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzachi Eron tarixidagi ilk parlament nutqlarining shakllanish jarayoni, ularning ritorik xususiyatlari hamda an’anaviy va zamonaviy nutq uslublarining o‘zaro uyg‘unligi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminarda Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti hamda Sharq tillari va adabiyoti instituti professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va talabalar faol ishtirok etdilar.
https://tsuos.uz/en/tdshuda-xalqaro-ilmiy-nazariy-seminar-bolib-otdi/
