Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“ORIENTAL LAB” startap laboratoriyasi

TDSHUda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi hamda “Barqaror iqtisodiy rivojlanish” markazi tashabbusi bilan “ORIENTAL LAB” startap laboratoriyasi ish faoliyatini boshladi. Mazkur markaz talabalarning innovatsion g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish, startap madaniyatini rivojlantirish hamda iqtisodiyotni raqamlashtirish yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan. Laboratoriyada talaba va yosh tadqiqotchilar o‘z loyihalarini sinovdan o‘tkazish, mentorlar bilan ishlash va amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur tashabbus SDG 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish maqsadlariga muvofiq ravishda tashkil etilib, yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, innovatsion faoliyatga jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. “ORIENTAL LAB” orqali ishtirokchilarda startaplarni boshqarish, biznes-reja ishlab chiqish va raqamli iqtisodiyot sharoitida samarali faoliyat yuritish bo‘yicha zarur kompetensiyalar shakllantiriladi.

Natijada, ushbu laboratoriya yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shuvchi innovatsion loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

https://tsuos.uz/en/tdshuda-iqtisodiyot-va-menejment-kafedrasi-hamda-barqaror-iqtisodiy-rivojlanish-markazi-tashabbusi-bilan-oriental-lab-startap-laboratoriyasi-ish-f/

17.06.2026, 11:02 44