KOICA-KIDC tashkiloti vakillari TDSHUga tashrif buyurdi
2025-yil 19-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalariga “KOCE” dasturi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berish uchun Im Sangmi xonim – KOICA-KIDC tarkibidagi KOCE tashabbusi jamoa rahbari Koreyashunoslik oliy maktabiga tashrif buyirdilar. Im Sangmi xonim hamda Koreyashunoslik oliy maktabi talabalari o‘rtasida qizg‘in davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda har biri o’ziga xos yo’nalishga ega bo’lgan to’rtta tematik stend namoyish etildi:
- Ta’lim va ishga joylashish stendi:Bu bo‘limda Koreyada viza olish, o‘qishga kirish, stipendiyalar va ish e’lonlari haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi.
- Koreya hayoti va ish madaniyati stendi:Bu yerda Koreyada yashash, mahalliy hayot tarzi, ishbilarmonlik madaniyati, korxona odatlari haqida ma’lumot beruvchi qo‘llanmalar bilan tanishiladi.
- Hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha maslahatlar stendi:Koreyada o‘qish uchun avto-tarjimai hol va ishga kirish uchun hujjatlarni 1:1 shaklida ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud.
- Individual suhbat (intervyu) mashg‘ulotlari stendi:Magistratura yoki ishga kirish uchun intervyularda ko‘p beriladigan savollar asosida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga “Intervyu strategiyalari” to‘plami ham beriladi.
https://tsuos.uz/en/koica-kidc-tashkiloti-vakillari-tdshuga-tashrif-buyurdi/
