“Ipak yo‘li bo‘ylab madaniyatlar aloqasi” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy seminar
TDSHU va Lanzhou universiteti huzuridagi Dunxuanshunoslik markazi hamkorligida “Ipak yo‘li bo‘ylab madaniyatlar aloqasi” mavzusida xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.
Mazkur “Ipak yo‘li bo‘ylab madaniyatlar aloqasi va o‘zaro tajriba almashinuvi” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar SDG 4 – Sifatli ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim akademik tadbir sifatida tashkil etildi. Tadbir 2025-yil 12-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi hamda uni Lanchjou universiteti Dunxuanshunoslik instituti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorlikda tashkil qildi. Seminarda ikki universitetning tarix, sharqshunoslik va gumanitar yo‘nalishdagi olimlari, shuningdek, 50 dan ortiq tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Seminar davomida Xan va Tan sulolalari davridagi Ipak yo‘li tarixi, buddaviy g‘or san’ati, etnik guruhlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar, tarixiy-geografik jarayonlar hamda madaniy merosni saqlash masalalari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar va muhokamalar olib borildi. Tadbirda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tajriba almashish va tarixiy tadqiqotlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ilmiy forum orqali ishtirokchilar o‘z ilmiy izlanish natijalarini taqdim etish, yangi metodologik yondashuvlarni o‘rganish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashish imkoniga ega bo‘ldilar. Natijada, seminar sifatli va inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda global akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Bu esa bevosita SDG 4 – Sifatli ta’lim maqsadlariga mos keladi va uzluksiz ta’lim hamda ilmiy taraqqiyot jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
https://mp.weixin.qq.com/s/brUhqqdEMY6NWR7ODrlYUg
