Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Scopus: qidiruv va bibliometrik tahlil bo‘yicha seminar-trening

2025-yil 2-dekabr kuni Scopus: qidiruv va bibliometrik tahlil bo‘yicha seminar-trening TDShU Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi hamda TDShU Tilshunoslik markazi tomonidan tashkil etildi. Seminar doirasida ma’ruzachilar — filologiya fanlari doktori, professor Shoira Usmanova hamda tarix fanlari doktori, dotsent Nodir Karimov tomonidan Scopus bazasida ilmiy qidiruv olib borish va bibliometrik tahlil usullari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur seminar-trening SDG 4 – Sifatli ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan muhim ommaviy tadbir sifatida tashkil etildi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar orasida ilmiy axborot resurslaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, xususan Scopus bazasida qidiruv olib borish va bibliometrik tahlil qilish bo‘yicha amaliy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.

Seminar davomida ilmiy maqolalarni izlash, nufuzli jurnallarni aniqlash, iqtiboslar tahlilini amalga oshirish hamda ilmiy faoliyat samaradorligini baholash usullari o‘rgatildi. Natijada, ishtirokchilarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, xalqaro ilmiy maydonda raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda uzluksiz ta’lim tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilindi.

https://tsuos.uz/en/tdshuda-scopus-qidiruv-va-bibliometrik-tahlil-mavzusida-seminar-trening/

17.06.2026, 09:11 26

    WordPress Lab AIT CSV Import / Export AIT Easy Admin AIT Events Pro AIT Food Menu AIT Get Directions AIT Infobar AIT Item Extension AIT Item Reviews AIT Languages AIT PayPal Payments