Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TOP-35 boshqaruvdagi ayollar

“Yuksalish” harakati tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan, sohalarda muhim vazifalarni bajarib kelayotgan rahbar ayollarning yillik reytingi tuzildi. Unda Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori sifatidagi faoliyati ham o‘rin egalladi. Mazkur faoliyat SDG 5 – Gender tengligi maqsadlari bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi.

Uning boshqaruvdagi ishtiroki ayollarning ta’lim va ilm-fan sohasidagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi. Xususan, oliy ta’lim tizimida ayollar ulushini oshirish, yosh qizlarning sifatli ta’lim olishiga sharoit yaratish va ularni liderlikka tayyorlash SDG 5 doirasidagi asosiy vazifalardan biridir.

Gulchehra Shavkatovna rahbar sifatida: ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ilmiy va akademik faoliyatda gender balansini ta’minlash, yosh qizlarni oliy ta’limga jalb qilish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga hissa qo‘shadi.

Natijada, uning faoliyati nafaqat ta’lim tizimini rivojlantiradi, balki jamiyatda gender tengligini mustahkamlashga, ayollarning qaror qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

https://tsuos.uz/en/tdshu-delegatsiyasi-malayziya-milliy-universiteti-islom-sivilizatsiyasi-institutiga-tashrif-buyurdi/

17.06.2026, 10:04 39