Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Leyden universitetining dotsenti, Dr.Gabrielle van den Berg bilan uchrashuv

17.05.2018, 12:34 E'lonlar 3552

gabrielleTDSHI mamnuniyat bilan
Leyden universitetining dotsenti,

Dr.Gabrielle van den Berg

xonimning institutimizga o‘z ma’ruzalari bilan
tashrif buyurayotganilini ma’lum qiladi

Gabrielle van den Berg Markaziy Osiyo va Eron madaniyati tarixi bo‘yicha dars beradi. 2016-yilda u “Turklar, matnlar va hudud: Markaziy Yevroosiyoda imperiya mafkurasi va madaniy mahsulot” loyihasi uchun NWO VICI grantini olgan. Uning ilmiy izlanishlari orasida klassik fors adabiyoti, Markaziy Osiyo va Eron tarixi asosiy o‘rinni egallaydi. Van den Berg, NISIS (Niderlandlar uchun Islomshunoslik bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari) va LUCIS (Leyden universiteti Islom va jamiyatni o’rganish markazi) kengashlari a’zosidir.

E-mail: g.r.van.den.berg@hum.leidenuniv.nl

Dastur:

26-may 14:00 1: Ipak yo’li bo‘ylab kitobat san’ati: “Shohnoma” tasvirlari misolida
28-may 14:00 2: Ipak yo’li bo‘ylab kitobat san’ati: “Odam ato va momo Havo” hikoyasi tasvirlari misolida
29-may 14:00 Mahorat darsi: G’aznaviylar saroyi: tarix va she’riyat uyg’unligi

Ilmiy izlanishlari:

Klassik fors adabiyoti, xususan, “Shohnoma” va fors epik an’anasi, adabiyotga oid ikonografiya, zamonaviy kontekstlarda klassik fors she’riyatining shakli va tasviri; “Fors eposi an’anasi va Firdavsiy “Shohnoma”si” loyihasi;

O’rta Osiyo va Eron tarixi, xususan, 1000-1600-yillar oralig’idagi turk-fors dunyosi; “Turklar, matnlar va hudud”. Markaziy Yevroosiyoda imperiya ideologiyasi va madaniy mahsulot ” va “Leyden Markaziy Osiyo tashabbusi” loyihalari;

Fors qo’lyozmalari an’anasi; “Musulmon dunyosi filologiyasi va qo’lyozmalari LUCIS yozgi maktabi doirasida” loyihasi;

Tojik Badaxshon, Pomir tillari (Shughni-Rushani) og’zaki an’analari va XX asr tojik adabiyoti,  Tojikiston Badaxshoni Ismoiliyligiga bo’yicha “Pomir tog‘larida oziq ovqat madaniyatiga oid o‘z qollarimiz bilan” va “Markaziy Osiyada xotira va azadorlik” loyihalari

Ta’lim berish va o’qitish bilan bog’liq faoliyat:

Quyidagi sohalar bo’yicha bakalavr, magistr va ilmiy daraja bo’yicha magistrlik kurslari:

  • Eron, Markaziy Osiyo, Afg’oniston tarixi va madaniyati tarixi
  • Mo’g’ullar va Mo’g’ul imperiyasining tarixi, san’ati va madaniyati
  • Forsiyzabon dunyo adabiyoti va fors adabiyoti tarixi
  • Islomiy tadqiqotlar, xususan, shia va so’fiylik an’analari