Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.02 RAQAMLI ILMIY KENGASH

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteta huzuridagi
DSc.03/29.12.2022. Ss/Tar.21.02 rakdmli ilmiy kengash faoliyati haqida
MA’LUMOT
O‘zbekistan Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 29-dekabrdagi qarori bilan Toshkent davlat sharkshunoslik universiteti huzurida tarix va siyosiy fanlari buyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.12.2022. Ss/Tar.21.02 raqamli ilmiy kengashning yangi tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, ilmiy kengash a’zolari 15 nafar a’zodan iborat. Mazkur ilmiy kengash respublikamizdagi tarix, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar sohasi bo‘yicha yetakchi olimlardan tashkil topgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi tarix va siyosiy fanlar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.12.2022.Ss/Tar.21.02 raqamli Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan:

23.00.02–“Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”;
23.00.04-“Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari;
07.00.05-“Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari bo‘yicha)”.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.12.2022.Ss/Tar.21.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 2 ta (tarix va siyosiy fanlar bo‘yicha) ilmiy seminar ham faoliyat yuritmoqda.
2020-2023-yillar mobaynida ilmiy kengash tomonidan “07.00.05-Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi”, “23.00.04-Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari hamda “23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosliklari bo‘yicha jami 21 ta falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoyalari o‘tkazildi. Himoya qilingan dissertatsiyalar xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslikning dolzarb muammolari, xorijiy sharq mamlakatlarida kechayotgan tarixiy, siyosiy-ijtimoiy jarayonlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy yangiligi, zarurati, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqotlarning amaliyotga joriy etilishi jihatidan muhim natijalarga erishildi.

Ilmiy kengash tomonidan 2020-yilda jami 4 ta, 1 fan doktori (DSc), 3 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarining himoyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
2021-yil davomida Ilmiy kengash tomonidan jami 4 ta ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyalari o‘tkazildi. Himoya qilgan tadqiqotchilarning 2 nafari universitet tayanch doktorantlari va tadqiqotchilari hisoblanadi.
2022-yil davomida Ilmiy kengash tomonidan jami 9 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyalari o‘tkazildi. Himoya qilgan tadqiqotchilarning 3 nafari universitet tayanch doktorantlari va tadqiqotchilari hisoblanadi.
2023-yilning o‘tgan davri davomida Ilmiy kengash tomonidan jami 4 ta – 2 ta fan doktori (DSc) hamda 2 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyalari bo‘lib o‘tdi, shulardan 3 nafari universitet tadqiqotchilari sanaladi. Himoya qilingan dissertatsiyalarning 3 tasi 23.00.02-“Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”, 3 tasi 23.00.04-“Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari hamda 3 tasi 07.00.05-“Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi ixtisosliklari bo‘yicha himoya qilingan.

Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi:
Tarix fanlari doktori, professor D.B.Sayfullayev

Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash kotibi:
Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) O.I.Alimov

Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi:
Siyosiy fanlar doktori, professor E.S.Sultonova

Izlanuvchining ismi-sharifi Dissertatsiya mavzusi Ilmiy daraja Ixtisoslik shifri va nomi Himoya yili
1. Niyazova Nargiza Muxtarovna Xalqaro munosabatlar tizimida gender tenglikni ta’minlash masalasi PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2019
2. Bo‘ronov Suxrob Mahammadi o‘g‘li Afg’onistonda vaziyatni barqarorlashtirish jarayonida O’zbekiston ishtirokining geosiyosiy jihatlari PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2020
3. Chjan Pen Shanxay Xamkorlik Tashkiloti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi strategik hamkorligining zamonaviy yo‘nalishlari PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2020
4. Nazirov Muxtor Maxmudovich Markaziy Osiyo davlatlaridagi siyosiy jarayonlar evolyusiyasining o’ziga xos xususiyatlari PhD 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 2020
5. Nikolayeva Kamila Sergeyevna Global ekologik muammolarni xal etishda Xitoy Xalq Respublikasining o‘rni va roli PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2020
6. Sayfullayev Durbek Baxtiyorovich O’zbekiston Respublikasi madaniy diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi DSc 07.00.05 –Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat taixi 2020
7. Alimov Oqiliddin Isamutdinovich Sharqiy Osiyo mintaqasi energetika xavfsizligini ta’minlashda Yaponiya tashqi siyosiy roli PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2021
8. Kasimova Zilola G’ulomiddin qizi Madaniy diplomatiya asosida davlat ijobiy imijini shakllantirish jarayonlari (Yaponiya va Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi misolida) PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2021
9. Qosimova Zilola G‘ulomiddin qizi Madaniy diplomatiya asosida davlat ijobiy imijini shakllantirish jarayonlari (Yaponiya va Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi misolida) PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2021
10. Abdullayev Nodir Abdulxayevich Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar sharoitida Suriyaning siyosiy transformatsiyasi DSc 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 2022
11. Imamov Bobir Xujanazarovich “O’zbekiston va Turkiya Respublikalari o’rtasidagi iqtisoiy va madaniy aloqalar” PhD 07.00.05 –Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat taixi 2022
12. Kadirova Go‘zal Shuhrat qizi Misr Arab Respublikasi tashqi siyosatida islom omili PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2022
13. Mustapova Xilolaxon Islomovna Hindiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo vektori PhD 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2022
14. Soipov Behzodbek Ikrombekovich “Jamiyat barqarorligini taʼminlashda dunyoviylik va diniylik uyg‘unligi” PhD 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 2022
15. Tolibova Sanobar Ruzikulovna “О‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari madaniy-gumanitar munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari (1991-2019 yy.)” PhD 07.00.05 –Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat taixi 2022
16. Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillayevna “Eron tashqi siyosatida “yumshoq kuch” (XX asr oxiri – XXI asr boshi)” mavzusidagi (tarix fanlar bo‘yicha) PhD 07.00.05 –Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat taixi 2022
17. Nizomiddinxo‘jayev Otabek Ruslan o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda xalqaro tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati (BMT misolida) PhD 07.00.05 –Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat taixi 2023
18. Shazamanov Shoazim Ibragimovich Xitoy Xalq Respublikasidagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy islohotlarning konseptual asoslari DSc 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 2023
19. Ubaydullayeva Saodat Fatxullayevna Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik oʻzaro bogʻliqligi tizimi shakllanishining muammo va istiqbollari DSc 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining
siyosiy muammolari
2023

 

13.09.2023, 16:26 3627