Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Faxriy ustozlar bilan uchrashuv

07.05.2022, 17:08 Yangiliklar 1414

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan jamoada faoliyat yuritayotgan yoshi ulugʼ ustozlar, xodimlar ishtirokida “Inson qadri ulugʼ, xotira muqaddas” shiori ostida davra suhbati oʼtkazildi. Tadbirni universitet rektori G.Rixsieva kirish soʼzi bilan ochib berdi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʼ.Oʼtganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir shu bois Gulchehra Shavkatovna universitetimizda uzoq yillar samarali mehnat qilgan, sharqshunoslik sohasini rivojlanishiga oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshgan marhum ustozlarimizni yodga olib, ustozlarimizning sharqshunoslik sohasida oʼchmas iz qoldirganliklarini taʼkidladi. Shuningdek tadbir ishtirokchilarini tabriklab, ularga samimiy tilaklar bildirdi.
Universitet kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi Ch.Xusanov ham ustozlarni bayram bilan tabriklab dil izhorini bayon etdi.Tadbirda ishtirok etgan ustozlar universitetimiz hayoti bilan bogʼliq xotiralarni yodga olishdi. Oʼtganlarning xayrli ishlarini yodga olish, faxriylarimizning jasorati va matonatini ulugʼlash, keksalarimizni qadrlash va eʼzozlash biz uchun ham farz, ham qarzdir.Tadbir soʼngida ustozlarga esdalik sovgʼalari topshirildi.

IMG_4429

IMG_4454

IMG_4478