Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Hindiston va Pokiston: tarixi, madaniyati”

02.02.2018, 18:57 Yangiliklar 4774

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Sharq filologiyasi fakulteti II bosqich hind-ingliz va urdu-ingliz guruhi talabalari hamda Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti II bosqich hind-ingliz va urdu-ingliz guruhi talabalari “Yoshlar Ittifoqi” bilan hamkorlikda “Mamlakatshunoslik” fani doirasida “Hindiston va Pokiston: tarixi, madaniyati” nomli innavatsion ochiq dars shaklidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori Omonov Qudratilla Sharipovich ochib berdi. Dekan o‘z so‘zida Yurtimizga yetuk yosh sharqshunos mutaxassislarni tayyorlashda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tahsil beriladigan juda ko‘plab qiziqarli fanlar qatorida “Mamlakatshunoslik” fanining o‘rni alohida ekanligini ta’kidlab, bu fan orqali talabalar o‘rganilayotgan sharq tili mamlakatining tarixi, madaniyati, davlat boshqaruv tuzumi, ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyoti, etnografiyasi hamda turistik salohiyati haqida kompleks ma’lumotlar olishlarini qayd etdi.

Shundan so‘ng, yig‘ilgan tomoshabinlarga ikkala fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan Hindiston va Pokiston mamlakatlari haqidagi videorolik namoyish etildi.

Hindiston va Pokiston mamlakatlari tarixiga oid Boburiy hukmdorlar Akbarshoh hamda Jahongirshoh haqidagi tarixiy sahna taqdim etildi.

So‘ng, Sharq filologiyasi fakulteti II bosqich urdu-ingliz guruhi talabasi Norbutayeva Nodira hind tilida qo‘shiq kuylagan bo‘lsa, Sharq filologiyasi fakulteti II bosqich hind-ingliz guruhi talabalari Yoqubova Nurxon, Ismatullayeva Mo‘tabar, Tojimurova Surayyolar Hindiston va Pokiston mamlakatlarini madh etuvchi she’rlar aytishdi.

Tadbir so‘ngida ikkala fakul’tet talabalari tomonidan Hindiston va Pokistonning milliy urf-odatlari hamda to‘y marosimlari sahnalashtirib berildi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi