Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ijarada yashovchi talabalar bilan umumprofilaktik ochiq muloqot

02.10.2019, 19:27 Yangiliklar 1535

2-oktabr kuni ToshDSHIda “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, ijarada yashovchi talabalarning yashash va o’qishiga ko’maklashish, zarur shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan hamda turli salbiy g’oyalar xatarlaridan ogoh etish” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida talabalar bilan umumprofilaktik ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Suhbat davomida Mirobod tumani IIOFMB 2-sonli IIB Oybek mahallasi profilaktika inspektorlari kapitan A.Rejamatov va leytenant Sh.Tojiboyev, Mirobod tumani IIOFMB 2-sonli IIB xotin-qizlar masalalar I bo’yicha mutaxassis, mayor N.Kamilova talabalarga ijara bilan bog’liq turli muammo va masalalar, jumladan, ijaraga turish, ijara shartnomasini tuzish, vaqtinchalik ro’yxatdan o’tish, yoshlar o’rtasida xuquqbuzarliklarni oldini olish, tazyiq va zo’ravonlikda jabrlanuvchilarning haq-huquqlari to’g’risida batafsil ma’lumot berdilar.

0FA2A9DA-5FE4-4916-ACC7-2D00A68484270F822E62-F86E-4C90-815F-E6213B8CE36A