Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ikkinchi oliy ta’lim bo’yicha

21.09.2018, 17:52 E'lonlar 2696

Ikkinchi oliy ta’lim bo’yicha bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida 3- va 4- kurslarda ta’lim olayotgan talabalarga o’qishni sirtqi ta’lim shakliga o’tkazishga ruxsat berildi.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalari hamda fuqarlarning ko’plab murojaatlari inobatga olingan holda ikkinchi oliy ta’lim bo’yicha bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida 3- va 4- kurslarda ta’lim olayotgan talabalarning o’qishini ularning arizalariga ko’ra sirtqi ta’lim shakliga o’tkazishga ruxsat berildi.

Bunda:

Filologiya va tillarni o’qitish (xorijiy tillar bo’yicha, shu jumladan, rus tili), Xorijiy til va adabiyoti (tillar o’yicha), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda) ta’lim yo’nalishlari, shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari istisno ekanligi, oliy ta’lim muassasasi bo’yicha har bir ta’lim yo’nalishi kesimida (ta’lim tili) ariza topshirganlar soni 7 nafardan kam bo’lgan holda talabalar sirtqi ta’lim shakliga o’tkazish, aks holda rad etish belgilandi.

Kunduzgi ta’lm shaklidan sirtqi ta’lim shakliga o’tkazilgan talabalar uchun to’lov-kontrakt miqdori 2018-2019 o’quv yilida 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar uchun bir xil etib belgilanadi.