IV Iqtisodiyot, menejment va siyosiy fanlar bo‘yicha xalqaro Artuklu Kongressi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turkiyaning Mardin Artuklu universiteti bilan hamkorlik doirasida “IV Iqtisodiyot, menejment va siyosiy fanlar bo‘yicha xalqaro Artuklu Kongressi (IV. International Artuklu Congress on Economic, Administrative, and Political Sciences)”ning rasmiy hamkor tashkiloti (Co-Host Institution) sifatida ishtirok etadi.
Mazkur xalqaro kongress 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Turkiyaning Mardin shahrida gibrid formatda (onlayn va oflayn) o‘tkaziladi.
Kongressning asosiy mavzusi:
“Zamonaviy davrdagi transformatsiya: inklyuziv, xavfsiz, barqaror va istiqbolli kelajak sari”.
Kongress iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va boshqa turdosh yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrantlar uchun xalqaro ilmiy muloqot maydonini yaratishga qaratilgan. Tadbirning asosiy maqsadlari xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy nashrlar sonini oshirish hamda global akademik tarmoqlarni kengaytirishdan iborat.
Kongress quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- Global siyosiy iqtisodiyot va barqaror rivojlanish;
- Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt;
- Biznes boshqaruvi va strategik transformatsiya;
- Tadbirkorlik va hududiy raqobatbardoshlik;
- Davlat boshqaruvi va institutsional salohiyat;
- Demokratik barqarorlik va ijtimoiy ishonch;
- Migratsiya, ijtimoiy siyosat va inklyuziv jamiyat;
- Xalqaro munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik.
TDSHU professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari mazkur kongressda o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etishga taklif etiladi.
Sanalar:
- Tezislarni topshirish muddati: 2026-yil 12-oktyabr
- Qabul natijalari: 2026-yil 26-oktyabr
- Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 2-noyabr
- Kongress dasturining e’lon qilinishi: 2026-yil 16-noyabr
- Kongress sanasi: 2026-yil 26–28-noyabr
TDSHUning barcha professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ushbu nufuzli xalqaro ilmiy anjumanda faol ishtirok etishga chorlaymiz.