Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Jadidlar fitrati: uyg‘onish ruhi”

05.05.2026, 17:55 Yangiliklar 390

2026-yil 5-may kuni “Jadidlar fitrati: uyg‘onish ruhi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida jadidlar harakatining ma’naviy merosi, ularning milliy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni hamda bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar jadidlar g‘oyalarining zamonaviy ta’lim va ma’rifat tizimidagi dolzarbligini ta’kidladilar.

Davra suhbati yakunida jadidlar merosini chuqur o‘rganish, ularning ma’rifiy qarashlarini keng targ‘ib qilish va yosh avlod ongiga singdirish muhimligi qayd etildi.