Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

JADIDSHUNOSLIK ILMIY TADQIQOT MARKAZI

Markaz direktori: Sharipov Rustam Husnutdinovich
Qabul vaqti: Haftaning juma kuni 11:00 dan 13:00 gacha
Tel:
e-mail:

 

Jadidshunoslik ilmiy tadqiqot markazi hisoboti

JADIDSHUNOSLIK ILMIY TADQIQOT MARKAZIning 2025-yildagi hisoboti

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI TARJIMASHUNOSLIK, TILSHUNOSLIK VA XALQARO JURNALISTIKA OLIY MAKTABI QOSHIDAGI JADIDSHUNOSLIK ILMIY TADQIQOT MARKAZI TOMONIDAN 2025-2026 O’QUV YILIDA

AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAQIDA

MA’LUMOT

Mazkur ma’lumot O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga har oy yakuni bo’yicha taqdim etib borilayotgan hisobotlar asosida tayyorlandi.

  1. 2025-yil 21-oktyabr kuni Turkiyaning Anqara shahrida Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, TURKSOY tashkiloti, Ankara Haci Bayram Veli universiteti hamkorligida “Mahmudxo’ja Behbudiy va Turkiston jadidchilik harakati” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi (https://dunyo.info/uz/daty/%D2%B2ar-millat-%D1%9 ez-tili-ila-fahr-etar).
  2. 2025-yil 20-noyabr kuni Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti tomonidan Abdurauf Fitrat ilmiy merosini o’rganishga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.
  3. 2025-yil 25-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining tashabbusi bilan tashkil etilgan «Fitrat izdoshlari» ilmiy-maʼrifiy toʻgaragi a’zolari ishtirokida “Jadidchilik harakatining gʻoyaviy asoslari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
  4. Jadidshunoslik ilmiy tadqiqot markazi tomonidan universitetning bir guruh iqtidorli talabalari bilan hamkorlikda Jadidchilik harakatining mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan 9 daqiqalik maxsus videorolik tayyorlandi va oliygohning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirildi
  5. “Ogahiy ijodiy merosining o‘rganilishi va badiiy tarjima masalalari” mavzusidagi IX Tarjimashunoslar Xalqaro Forumida R.Sharipov “Tarjima tarixida leksikografiyaining tutgan o‘rni (jadid tilshunos olimlari faoliyati misolida)” mavzusida ma’ruza qildi.
  6. R. Sharipov “Yoshlarda ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish zamonaviy tendensiyalari” Xalqaro ilmiy seminarida “Oliygohlarda jadid adabiyotini o`qitishning ahamiyati” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
  7. 2026-yil 5-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining tashabbusi bilan tashkil etilgan «Fitrat izdoshlari» ilmiy-maʼrifiy toʻgaragi a’zolari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. To’garak yigʻilishida jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Abdurauf Fitrat shaxsiyati, ilmiy va ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritildi.
  8. Jadidshunoslik ilmiy tadqiqot markazi tomonidan universitetning bir guruh iqtidorli talabalari bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan videorolik tayyorlandi va oliygohning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirildi.
  9. 2026-yil 4-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining tashabbusi bilan tashkil etilgan «Fitrat izdoshlari» ilmiy-maʼrifiy toʻgaragi a’zolari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. To’garak yigʻilishida jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Abdurauf Fitrat shaxsiyati, ilmiy va ijodiy faoliyati haqida interaktuv vositalardan keng foydalangan holda so‘z yuritildi.
  10. 2026-yil 9-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining joriy yil 27-fevraldagi 04/61-1195-son topshiriq xatiga binoan oliygoh talabalari o’rtasida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o’zlik, istiqlol va davlatchilik g’oyalari” mavzusida tanlovning 1-bosqichi o’tkazildi.
  11. 2026-yil 6-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Ozarbayjonning O‘zbekiston Respublikasida elchixonasi huzuridagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Birinchi turkologiya qurultoyi – o‘tmishimizdan kelajakka” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Ozarbayjonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Xuseyn Guliev, akademiklar Akif Marifli, Rafael Xuseynov, Nizami Jafarovlar bilan birga TDShU professorlari Adhambek Alimbekov, Jumaali Shabanov va Rustam Sharipov ma’ruza bilan ishtirok etdilar.
  12. F.f.d. Rustam Sharipov Hindistonning Javoharlal Neru universiteti tomondan tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda “Turkiston terixining Markaziy Osiyo davlatlarida o‘rganilishi” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.
  13. 2026-yil 4-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzurida faoliyat olib borayotgan «Fitrat izdoshlari» ilmiy-maʼrifiy toʻgarakning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
  14. 2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 28-apreldagi 04/61-2953-son topshiriq xatiga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Jadidlar fitrati: uyg‘onish ruhi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
  15. 2026-yil 6-may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi oldidan Turon fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Abdurauf Fitrat merosi va turkiy tamaddun rivoji” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda Jadidshunoslik ilmiy tadqiqot markazi rahbari, filologiya fanlari doktori Rustam Sharipov “Abdurauf Fitrat oila institutining huquqiy asoslari haqida” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
  16. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori A.X.Doniyorovning “Ismoil Gaspiralining g‘oyalari va Turkiston jadidchiligi” hamda R.X.Sharipovning “Buyuk islohotchi (I.Gaspripirali va Turkiston)” mavzularidagi ma’ruzalari hamda tegishli hujjatlar 2026-yil 25-26-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Barnaul va Qozon shaxarlarida “Ismoil Gaspirali: ma’rifatchi, noshir, pedagog” mavzusida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun yuborildi.

 

Quyidagi mavzuga oid tadqiqot natijalari nashr etildi:

  1. R.Sharipov. E’tiqod va ijod uyg’unligi (Turkiston jadidlarining siyosiy-huquqiy qarashlariga doir ayrim mulohazalar). Monografiya. – Toshkent, Legal Team, 2024. 118 bet. ISBN 978-9910-9352-8-2.
  2. R.Sharipov. Behbudiy dahosi. Monografiya. – Toshkent, Legal Team, 2025. – 90 bet. ISBN 978-9910-8696-4-8.
  3. R.Sharipov. O’zbek adabiyoti. Darslik. – ToShkent, TDSHU, 2025. 274 bet. ISBN 978-9910-8696-0-0.
  4. R.Sharipov. Onado’li va Turkiston: moziyga bir nazar (Turkiston va Turkiya aloqalari tarixiga oid materiallar) . Monografiya. – Toshkent, Legal Team, 2025. – 87 bet. ISBN 978-9910-8727-3-0.
  5. “Xalq so’zi” ro’znomasining 2025-yil 24-iyun sonida TDSHU rektori professor G.Sh.Rixsievaning oliygoh huzuridagi Jadidshunoslik ilmiy tadqiqot markazi faoliyatiga bag’ishlangan “Milliy iftixor manbai” nomli tahliliy maqolasi e’lon qilindi.
  6. Rustam Sharipov va Hilola Sharipovalarning “Jadidchilik harakatining milliy siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixidagi o‘rni” мonografiyasi nashrdan chiqdi. – Toshkent, Legal Team, 2025. – 228 bet.
  7. 7. R.Sharipov. Turkiston jadidchilik harakatining siyosiy-huquqiy ta’limotlar tizimida tutgan o’rni. “Huquq va burch” (Adliya vazirligi muassisligidagi ijtimoiy-huquqiy jurnal). 2025-yil 2-son, 12-20 – betlar.
  8. R.Sharipov. Mahmudxo’ja Behbudiyning siyosiy-huquqiy qarashlariga doir ayrim mulohazalar. “Huquq va burch” jurnali. 2025-yil 3-son, 1-7 – betlar.
  9. 9. R.Sh Cho’lpon tarjimalari haqida ayrim mulohazalar. O’zbekiston Fanlar akademiyasida “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida bo’lib o’tgan (14.11.2025-yil) ilmiy-nazariy konferensiya materiallari.– ToShkent: Tafakkur, 2025. – B. 376-382.
  10. R.Sharipov. Mahmudxo’ja Behbudiy va Abdurauf Fitratning milliy va mustaqil davlatchilik haqidagi qarashlari. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan “Sharq mumtoz poetikasi muammolari: Navoiy va Rumiy” mavzusida o’tkazilgan Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari. – Toshkent, O’zbek tili va adabiyoti universiteti, 2025. 353-370 – betlar.
  11. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan nashr etiladigan “Sharqdan xabarlar” gazetasida jadidshunos olim Rustam Sharipov qalamiga mansub “Turkiston sahifasi (Jadidlar. Muxtoriyatlar. Qo‘rboshilar)” nomli turkumning 1- maqolasi e’lon qilindi.
  12. R.Sharipov. Mashhur sharqshunos olim Zaki Validiy To‘g‘on yo‘li. “Huquq va burch” (Adliya vazirligi muassisligidagi ijtimoiy-huquqiy jurnal. ISBN 3093-8546), 2025 yil 9-son, 4-9 betlar.
  13. “Jadidshunoslik ilmi durdonalari” nomli 190 betdan iborat boʻlgan elektron toʻplam tayyorlanib, oliygohning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirildi.
  14. Rustam Sharipovning «Jadid adabiyotida oilaviy qadriyatlar talqini» nomli maqolasi “Sharq mash’ali” jurnalida e’lon qilindi (OAK tomonidan tavsiya etilgan mazkur jurnal soni 2026-yil 17-mart kuni nashrdan chiqdi). “Sharq mash’ali”, № 4, 2025-yil. 30-39 betlar.
  15. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan nashr etiladigan “Sharqdan xabarlar” gazetasining 2026-yil 21-mart sonida jadidshunos olim Rustam Sharipovning “Turkiston sahifasi (Jadidlar. Muxtoriyatlar. Qo‘rboshilar)” nomli 3- maqolasi e’lon qilindi.

23.06.2026, 12:49 38

    WordPress Lab Oceania – Yacht Club and Boat Rental WordPress Theme OceanWP Elementor Widgets OceanWP Full Screen OceanWP Ocean Extra Oconnor - Law, Lawyer & Attorney WordPress Theme Oconnor – Lawyer & Law Firm WordPress Theme Octabook appointment scheduling software system for wordpress Ocularus – Minimal Photography WordPress Theme ODA — Really Minimal and Strong WordPress Theme Odear – Multi-Concept Creative WordPress Theme