Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Joriy yil 24-27-oktabr kunlari Samarqand shahrining “Silk road Samarqand” majmuasida “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida universitet Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi hodimlari qatnashmoqda.

24.10.2022, 15:17 Yangiliklar 939

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarorining doirasida AKT sohasida olib borilayotgan loyihalar holati, erishilayotgn yutuqlar, investitsion salohiyat bilan chet ellik hamkorlarni tanishtirish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilish maqsadida joriy yil 24-27-oktabr kunlari Samarqand shahrining “Silk road Samarqand” majmuasida “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida universitet Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi hodimlari qatnashmoqda.
AKT haftaligi doirasida 24-okatabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Цивровая экономика” Avtonom notijorat tashkiloti, KPMG kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari hamda texnologik amaliyot rahbarlari tomonidan bir qancha tadbirlar o’tkazilmoqda.

photo_2022-10-24_14-55-28 photo_2022-10-24_14-55-33 photo_2022-10-24_14-55-40 photo_2022-10-24_14-55-52