Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Keimyung universiteti talabalariga til kursi sertifikatlari topshirildi

14.08.2026, 18:47 Yangiliklar 77

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Koreya Respublikasining Keimyung universitetidan tashrif buyurgan talabalar uchun tashkil etilgan 80 soatlik rus tili intensiv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.

2026-yil 18-iyuldan 15-avgustga qadar “Yozgi maktab” dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur kursda Keimyung universitetining 6 nafar talabasi ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar TDSHU G‘arb tillari kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida olib borilib, talabalarning rus tilidagi bilim va amaliy kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Kurs davomida talabalar rus tilining asosiy grammatik va leksik jihatlarini o‘rgandilar, kundalik va akademik muloqot ko‘nikmalarini mustahkamladilar hamda O‘zbekistonning til va madaniy muhitini yaqindan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kurs yakunida talabalar uchun sertifikat topshirish marosimi tashkil etildi. Unda kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga 80 soatlik rus tili kursini o‘zlashtirganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur dastur TDSHU va Keimyung universiteti o‘rtasidagi samarali akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar akademik mobilligini qo‘llab-quvvatlash hamda xorijiy talabalar uchun til va madaniy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.