Kelajak turizm sohasi mutaxassislari xalqaro muloqot maydonida!
Turizm haftaligi munosabati bilan 4-bosqiç turizm yönalişi talabalari öz bilim va könikmalarini real muloqot muhitida namoyiş etiş imkoniyatiga ega böldilar.
Turizm kafedrasi mudiri Ç. Kadirov hamda öqituvçilar J. Bekkayev va M. Amonova taşabbusi va taşkilotçiligida ötkazilgan mazkur tadbir talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlaş, kasbiy mahoratini oşiriş hamda xalqaro turizm sohasida samarali muloqot olib boriş könikmalarini rivojlantirişga qaratildi.
Tadbir davomida talabalarimiz çet ellik sayyohlar bilan uçraşib, ta’lim jarayonida örgangan malay tilidan foydalangan holda ular bilan samimiy va mazmunli suhbatlar olib bordilar. Talabalarimiz Özbekistonning boy tarixiy merosi, betakror madaniyati, milliy qadriyatlari va gözal turistik maskanlari haqida ma’lumot berib, xorijiy mehmonlarni yurtimizga taşrif buyurişga taklif etdilar.
Ayniqsa, auditoriyada özlaştirilgan malay tilidagi bilimlarning bevosita xorijiy sayyohlar bilan muloqotda qöllanilişi tadbirning eng e’tiborli jihatlaridan biri böldi. Talabalar til örganiş jarayonida egallagan bilimlarini amaliyotda sinab köriş bilan birga, sayyohlar bilan işlaş, mehmonlarni kutib oliş, turistik xizmatlarni taqdim etiş va madaniyatlararo muloqot olib boriş borasida qimmatli tajriba orttirdilar.

Mazkur taşabbus Turizm haftaligining mazmun-mohiyatiga hamohang tarzda, turizm ta’limida nazariya va amaliyot uyğunligining naqadar muhim ekanligini yana bir bor namoyon etdi. Zero, zamonaviy turizm sohasi vakili nafaqat çuqur kasbiy bilimga, balki xorijiy tillarni biliş, turli madaniyat vakillari bilan muloqot qiliş va mamlakatning turistik jozibadorligini munosib tarğib etiş salohiyatiga ham ega bölişi lozim.
Uşbu amaliy tadbir orqali talabalarimiz özlarini nafaqat bölajak turizm mutaxassislari, balki Özbekistonning turistik salohiyatini xalqaro miqyosda tarğib etişga tayyor yoş turizm elçilari sifatida namoyon etdilar.
Universitetimizda ta’lim va amaliyotni özaro uyğunlaştiriş, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda mehnat bozorida raqobatbardoş, zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlaşga qaratilgan bunday taşabbuslar izçil davom ettirilmoqda.
Çunki bugun auditoriyada olingan bilim ertaga xalqaro turizm maydonida namoyon böladigan kasbiy mahoratning poydevoridir!
