Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Kitobxonlik – ma’naviyat poydevori

26.03.2026, 16:53 Yangiliklar 441

2026-yil 26-mart kuni universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva tomonidan talaba-yoshlar bilan kitobxonlik mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sevimli asarlar hamda badiiy adabiyotning inson hayotidagi o‘rni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalarga muntazam mutolaa qilish, o‘qilgan asarlar yuzasidan tahliliy fikrlashni rivojlantirish hamda kitobxonlikni kundalik hayot tarziga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirish, ularni ilm-fan va adabiyotga yanada yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Shuningdek, talabalarga tarjima faoliyati bilan shug‘ullanish, o‘qilgan asarlarni turli tillarga tarjima qilish orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy vazifalar berildi.

    WordPress Lab LatePoint – Appointment Booking & Reservation Plugin for WordPress Laundry, Dry Cleaning Services WordPress Theme Laurits – Portfolio and Agency WordPress Theme Lauv – Trendy Portfolio WordPress Theme Lavan – Fashion Model Agency WordPress CMS Theme Lavelo – Wedding WordPress Theme Law Advisom | Lawyers & Attorney WordPress Theme LawBusiness – Attorney & Lawyer WordPress Theme Lawex – Lawyer & Attorney Elementor Template Kit Lawking – Lawyer and Attorney Responsive WordPress Theme