Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Komplaens nazorat” bo‘limi faoliyatidan

17.11.2021, 01:05 Yangiliklar 1467

TDSHUda professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limining navbatdagi uchrashuvi kechki va sirtqi bo‘limda ta’lim olayotgan  talaba-yoshlar uchun tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarga bo’lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

2

Shu bilan birgalikda, bo’lim tomonidan @TSUOSANTICORRUPTIONBOT  telegram bot orqali korrupsiyaviy holatlar aniqlangan taqdirda anonim tarzda xabar berish tizimi hamda ishonch telefon raqami ishga tushirilganligi talaba-yoshlarga yetkazildi.

TDSHU Matbuot xizmati