Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Koreyaning FutureNuri kompaniyasi vakillari TDSHUga tashrif buyurdi

06.07.2026, 17:19 Yangiliklar 71

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreyaning FutureNuri kompaniyasi direktori Seo Jong Hwan hamda kompaniya menejeri David Kwon tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida universitet kutubxonasining axborot-resurs tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda kutubxona faoliyatini sun’iy intellekt asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, FutureNuri kompaniyasining kutubxona boshqaruv tizimlarini yaratish va rivojlantirish borasidagi tajribasi taqdim etildi. Tomonlar TDSHU kutubxonasida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yangi avlod kutubxona tizimini joriy etish, foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda axborot qidiruv jarayonlarini yanada qulaylashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.