Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“KOREYSCHA-O‘ZBEKCHA LUG‘AT” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

24.01.2020, 21:38 Yangiliklar 1899

2020-yil 23-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik  fakultetida  “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” kafedrasi 2 -bosqich magistranti Rasul Sherov va 4-kurs talabasi Abrorjon Jumanovning “Koreyscha-O‘zbekcha lug‘at” kitobining (Toshkent: Akademnashr nashriyoti, 2019. − 288 b.) taqdimoti  bo‘lib o‘tdi.Mazkur lug‘atga Abdulla Sharopov muharrirlik qilgan (Taqrizchilar: f.f.d., prof. Shoira Usmanova va PhD. G‘olibjon Yoziev).Lug‘atda TOPIC imtixonida faol qo‘llaniladigan so‘zlar jamlangan va ularning kontekstdagi qo‘llanishlari ko‘rsatib berilgan. Kitobda 10 mingdan ziyod eng kerakli so‘z va iboralar o‘rin olgan bo‘lib, ular mos rasmlar va jadvallar bilan to‘ldirilgan. Lug‘atdan koreys tilini o‘rganayotgan talabalar, magistrantlar, tarjimonlar va koreys tiliga qiziquvchi keng jamoatchilik foydalanishi mumkin.

photo_2020-01-24_14-57-02-300x225 photo_2020-01-24_14-56-59-300x225