Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari natijalari

07.10.2020, 17:30 Yangiliklar 9167

MAGISTRATURA QABUL QAYDNOMALARDAGI HOLAT BO‘YICHA IZOH

Kirish test sinovlarida maksimal 250 ball jamlash mumkin edi, shundan:

  1. Bakalavriat diplomi ilovasidagi fanlar ko‘rsatkichining umumiy reytingi (maksimal ball 100 ball)
  2. Xorijiy til bo‘yicha (maksimal ball 50 ball)
  3. Mutaxassislik(jumladan, ilmiy pedagogik layoqat) bo‘yicha ( maksimal ball 100 ball)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017 yil 20 iyunidagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi, 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” ning 25-bandi talablariga muvofiq mutaxassislik (jumladan, ilmiy pedagogik layoqat) bo‘yicha test sinovlarida jamlash mumkin bo‘lgan ballning  55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar magistraturaga qabul qilinmaydi.

         Shuning uchun mutaxassislik (jumladan, ilmiy pedagogik layoqat) bo‘yicha test sinovlarida jamlash mumkin  bo‘lgan maksimal  ballning  55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistruturasida o‘qishga qabul qilinmaydilar.

Qabul komissiyasi

Imtihon natijalari: