Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari – ta’lim natijalari ko‘zgusi

03.06.2020, 14:33 Yangiliklar 1850

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida joriy yilning 2-iyunidan magistrlik dissertatsiyalarining onlayn himoyalari boshlandi. Magistrlik dissertatsiyalarining himoyalari, universitet va boshqa oliy ta’lim muassassalari turdosh kafedralarining yetakchi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tassarufidagi ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, davlat organlari, kompaniyalar, karxonalar, turli tashkilotlardan jalb qilingan yetuk, tajribali mutaxassislardan iborat bo‘lgan, o‘n bitta mutaxassislik doirasida tashkil qilingan malakali Davlat attestatsiyasi hay’atlari tomonidan o‘tkazilmoqda. Onlayn himoya jarayonlarini ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik ruhida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, kafedra a’zolari, magistrantlar, ota-onalar, jamoatchilik vakillari va bakalavrlarning ham ishtirok etishi ta’minlanmoqda. Muhokamalar ochiq-oshkora, ilmiy bahs – munozaralar asosida olib borilmoqda. Onlayn himoya tizimining yana bir ijobiy xususiyati shundaki, himoya yakunida har bir magistrantning tadqiqot faoliyati natijalarini baholash va e’lon qilish jarayoni ota-onalar, jamoatchilik vakillarining onlayn kuzatuvida, shaffof, oshkora tarzda amalga oshirilmoqda. Ushbu holat, o‘z navbatida, ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash va ularning bilim-ko‘nikmalarini baholashning adolatli, har qanday tamagarliklarni oldini olishning ishonchli tizimini shakllanishiga xizmat qilishi shubhasiz. Bunday faoliyat davlatimiz tomonidan olib borilayotgan:“Ta’lim tizimi – korrupsiyadan holi soha” siyosati talablariga juda ham mos keladi.
Magistrlik dissertatsiyalari himoyalarining dastlabki kunida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodi va mamalakatshunoslik“, “Tashqi iqtisodiy faoliyat”, “Lingvistika”(yapon tilshunosligi, xitoy tilshunosligi, koreya tilshunosligi, eron-afg‘on tilshunosligi) mutaxassisliklari doirasida 8ta magisrant o‘zlarining magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaaqiyatli himoya qilishdi. Magistrlik dissertatsiyalarida qamrab olingan ilmiy muammolar diopazoni, geografiyasining tahlili Sharqshunoslik universitetida, eng avvalo Sharq mamlakatlari va xalqlarining, qolaversa, G‘arb dunyosining, iqtisodiyoti, siyosati, tarixi, urf-odatlari, tilshunosligi, xorijiy adabiyotshunoslik, manbashunoslik, matnshunoslik, mintaqashunoslik kabi yo‘nalishlarida keng qamrovli tadqiqotlar olib borilayotganligini ko‘rsatadi. Osiyo-Tinch okeani, Yaqin va Uzoq Sharq mintaqasi, MDH davlatlari, Yevropa va Amerika mamlakatlari hayotining deyarli barcha jabhalari bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari mazkur magistrlik dissertatsiyalarining ilmiy yangiliklarini belgilab bergan. Eng muhimi, olib borilayotgan tadqiqotlarning natijalarini, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga keng joriy qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilayotganligi bilan ham katta ahamiyatga egadir. Magistrantlarimiz o‘z tadqiqotlari doirasida nafaqat o‘zbek va rus tilidagi ilmiy adabiyotlardan, balki, sharq tillaridagi, xususan, yapon, xitoy, koreys, fors, hindi, turk, arab, malay, indonez, vetnam, shuningdek, nemis, fransuz va ingliz tillaridagi manbalardan erkin foydalanishlari ham dissertatsiyalarning ilmiy qiymatini oshishiga xizmat qiladi, albatta. Dissertantlarimiz himoyalardan oldin, respublikamizdan tashqari, xalqaro ilmiy jamoatchilik tan olgan jurnallarda ham maqolalar e’lon qilishganligi TDSHU tayyorlayotgan magistrlarning salohiyati yuqori darajada ekanligining amaliy ko‘rinishidir.
Magistraturada o‘qishlari davrida va magistrlik dissertatsiyalarini himoyalari natijalarida yuksak ilmiy–pedogogik salohiyatga va amaliy ko‘nikmalarga ega ekanligini namoyon qila olgan iqtidorli yosh sharqshunoslar Davlat attestatsiyasi a’zolari tomonidan kafedralarda ishlashlari yoki o‘z mutaxasissliklari bo‘yicha tayanch doktoranturada ilmiy izlanishlarini davom ettirishlari uchun tavsiyalar berildi. Shu kuni himoya qilgan 8 ta magisrantdan 5 tasiga ilmiy-tadqiqot va pedogogik faoliyatlarini davom ettirishlariga imkoniyat berilganligining o‘zi universitet jamoasi yosh mutaxassislarni tayyorlash va tarbiyalashga nihoyatda mas’uliyat bilan yondoshayotganligini ko‘rsatadi