Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mahatma Gandining 150 yilligiga bag’ishlangan “Mahatma Gandining falsafiy ta’limotlaridagi xalq diplomatiyasi” mavzusida seminar

31.08.2019, 11:08 Yangiliklar 1672

28-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Hindistonning taniqli siyosiy va jamoat arbobi Mahatma Gandining 150 yilligiga bag’ishlangan “Mahatma Gandining falsafiy ta’limotlaridagi xalq diplomatiyasi” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Tadbirda Toshkent shahridagi diplomatik korpus vakillari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi (MMXDDAQ), jamoat tashkilotlari, TDSHI, O’zJIDU va respublikaning boshqa bir qator oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari, talabalari va magistrantlari, ilmiy va ekspert doiralari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.  SHHTning O’zbekistondagi jamoat diplomatiyasi markazining direktori, senator R. Nazarov, MMXDDAQ raisi R.Qurbonov va TDSHI rektori, dotsent G. Rixsiyevalar so’zga chiqib, Mahatma Gandi merosi va uning zo’ravonliksiz kurash falsafasining muhimligini ta’kidlab o’tdilar. Olimlar va mutaxassislarning ma’ruzalari va chiqishlari tinglandi, Hindiston elchixonasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining O’zbekistondagi jamoat diplomatiyasi markazi va TDSHIning SHHT mamlakatlari, xususan, Hindistonning buyuk madaniy merosini targ’ib qilish bo’yicha qo’shma loyihasi natijalari ijobiy baholandi. Seminarda Mahatma Gandining “Mening hayotim” kitobining o’zbek tiliga tarjimasi taqdimoti ham bo’lib o’tdi.

photo_2019-08-31_11-05-32 photo_2019-08-31_11-05-31 (2) photo_2019-08-31_11-05-31 photo_2019-08-31_11-05-30