Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi

ALIMOV ZUHRIDDIN ISAMUTDINOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (10:00-12:00)
Tel.: +99890 167-00-66
E-mail: zuxriddin_alimov@tsuos.uz

“Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi” kafedrasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4680-sonli qarori hamda uning ijrosi yuzasidan chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020 yil 18 apreldagi 265-sonli buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining 2020 yil 20 apreldagi 01-275-sonli hamda 2020 yil 1 iyundagi 01-312-sonli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi. Universitet Kengashining 2020 yil 15 maydagi 1-sonli majlisi qarori bilan uning tarkibiy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritilganligini, universitet rektorining 2020 yil 1 iyundagi buyrugʻiga asosan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ustavi tasdiqlanganligini hamda universitet qoshida tashkil etilgan “Sharq sivilizatsiyasi va tarix” fakulteti tarkibida “Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi” kafedrasi yangi 2020-2021 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshladi.

“Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi” kafedrasida 24 ta fan oʻqitiladi. Shulardan 8 ta fan bakalavriatda hamda 16 ta fan magistraturada oʻqitiladi. Magistratura mutaxassisliklarida kafedraning yetakchi professor-oʻqituvchilari dars berib kelmoqda.

 

Kafedraning ilmiy loyihasi

  • Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish (BMI, MD, PhD mavzulvri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish)
  • Ilmiy-tadqiqot loyihalari tayyorlash
  • Tahliliy materiallar tayyorlash

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  • OʻzRFA Sharqshunoslik instituti
  • OʻzRFA Tarix instituti
  • Malayziya Islom sivilizatsiyasi markazi
  • Ulugʻbek nomidagi Milliy universiteti
  • Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi
  • Guliston davlat universiteti

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

17.02.2023, 15:00 6220