Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Markaziy va Janubiy Osiyo: tarixiy aloqalar, zamonaviy hamkorlik va taraqqiyot istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

07.02.2026, 13:55 Yangiliklar 702

2026-yil 7-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamda Barqaror rivojlanish markazi bilan hamkorlikda “Markaziy va Janubiy Osiyo: tarixiy aloqalar, zamonaviy hamkorlik va taraqqiyot istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi hamkorlik aloqalari hamda kelajakdagi taraqqiyot istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Davra suhbatini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ochib berdi.

Davra suhbati davomida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy diplomatiyani kuchaytirish hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur davra suhbati Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ldi.

    WordPress Lab TheCraft | Responsive Multipurpose WordPress Theme TheFox | Responsive Multi-Purpose WordPress Theme TheFutur – Creative Portfolio & Agency Theme TheGem – Creative Multi-Purpose PSD Template TheGem – Creative Multi-Purpose High-Performance WordPress Theme TheGuide – Online Documentation WordPress Theme TheLoke – Multi-Purpose & Electronics Store WooCommerce Theme Themebau – Minimal Portfolio & Agency WordPress Theme ThemeIsle Didi WordPress Theme ThemeIsle Feedzy RSS Feeds Premium