Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor BMT ning oliy minbaridan o‘zbek tilida nutq yangraydi.

23.09.2020, 09:02 E'lonlar 1822

Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor BMT ning oliy minbaridan o‘zbek tilida nutq yangraydi.

Bugun 23-sentabr, soat 18:00dan boshlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining videokonferensiya shaklida o‘tadigan 75-sessiyasidagi nutqi jonli efirda uzatiladi.

Uni quyidagi telekanallarda tomosha qilish mumkin:

🔹 O‘zbek tilida: “O’zbekiston”, “O’zbekiston 24”, “Zo’r TV”, “Sevimli TV”
🔹Rus tilida: “Yoshlar”, “Toshkent”
🔹Ingliz tilida: “Uzreport TV”, “Dunyo bo’ylab”

Shuningdek, tadbir Prezident matbuot xizmatining Facebook (https://www.facebook.com/Mirziyoyev)’dagi sahifasi va YouTube (http://www.youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati)’dagi kanalida ham olib ko‘rsatiladi.