Mustaqillikning 35 yilligi: TDSHU rahbariyati yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi
Mamlakatimiz hayotidagi eng ulug‘, eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz qatorida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati ham davlatimizning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Vatanimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan:
Universitet rektori, professor Gulchehra Shovkatovna Rixsiyeva, Universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, professor Qudratulla Sharipovich Omonov, Universitetning xo‘jalik ishlari bo‘yicha prorektori, professor Shuhrat Mirgiyasovich Mirziyatov mamlakatimizda ilm-fan va ta’limni modernizatsiya qilish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari hamda jamoatchilik faolligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.



Ushbu yutuq — butun universitet jamoasining qo‘lga kiritgan ulkan marrasi, yurtimizda ilm-fan va ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak g‘amxo‘rlik va e’tiborning yana bir yorqin namunasidir.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi universitet rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva, prorektorlar — Qudratulla Omonov va Shuhrat Mirziyatovlarni ushbu yuksak e’tirof va qutlug‘ mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, Vatanimiz taraqqiyoti va ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli hamda sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi!