Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi

25.11.2017, 17:18 Yangiliklar 3224

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakultetida 2017-yil 23-noyabr kuni “Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur davra suhbatida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov, Toshkent shahar, Mirobod tumani prokurorining katta yordamchisi N.Ubaydullayeva, Mirobod tumani IIB, HPB katta inspektori S.Zayniddinov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi A.So‘ltonxo‘jaev hamda fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, institut professor-o‘qituvchilari va 145 nafar talaba-yoshlarlar ishtirok etishdi.

Tadbirda odam savdosi inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, dunyo taraqqiyoti uchun mutlaqo yot bo‘lgan transmilliy muammo, jinoyat ekanligi, yurtimizda zamonaviy qullikka qarshi izchil kurash olib borilayotganligi va bunda aholining, jumladan talaba-yoshlarning ushbu qabih jinoyat haqida xabardorligini oshirish, ularni noqonuniy migratsiya oqibatlari xususida ogohlantirish, bu borada hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli javob va tushunchalar berildi. Fakultetning 1-kurs talabalari B.Nabijonov hamda Sh.Kamolovlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” radiosiga intervyu berishdi.

Tadbir davomida XXI asr fitnasi” nomli film namoyish etildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O.S.Salaev