Oliy ta’lim tashkilotlarida startap ekotizimini rivojlantirish
BMT Taraqqiyot dasturining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Oliy ta’lim tashkilotlari startap ekotizimini rivojlantirish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi, unda universitet bo’lim boshlig’i J.Abdazimov ishtirok etib dasturni muvaffaqiyatli yakunladi!
Ushbu dastur orqali ishtirokchilar universitetlarda startap ekotizimini shakllantirish, inkubatsiya jarayonlarini rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni investitsiyaga tayyorlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

