Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sohasidagi islohotlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

25.05.2017, 15:08 Yangiliklar 4341

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati, O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jaxon tillari universitetida tashkil etilgan “Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sohasidagi islohotlar” mavzusidagi matbuot anjumanida ishtirok etdilar. Institut rektori f.f.d.,prof. Mannonov A.M. Ommaviy axborot vositalari vakillariga Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, shu jumladan, kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan dolzarb masalalar haqida gapirib, bundan buyon oliy ta’lim tizimi yanada samarali rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar eshigi ochilganligi, unda tizimning rivojlanishi hamma narsa puxta o‘ylab chiqilganligi haqida fikr bildirdi. Bu Qaror bo‘yicha Toshkent davlat sharqshunoslik instituti oldida turgan dolzarb vazifalar haqida yig‘ilish ishtirokchilariga tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi. Matbuot anjumanida institut rahbariyati jurnalistlar savollariga javob berdilar. Ushbu matbuot anjumanida institut prorektorlari N.Abdullayev, Sh.Aripov, G. Rixsiyeva ishtirok etdilar.

photo_2017-05-25_16-52-28 photo_2017-05-25_16-52-33