Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ona tilim, sen ruhimning qanoti

19.10.2016, 12:13 Yangiliklar 4338

2016-yil 19-oktabrda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Talabalar turar joyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 27 yilligiga bag‘ishlab institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi bilan hamkorlikda “Ona tilim, sen ruhimning qanoti” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida shoir va tarjimon Mirpo‘lat Mirzo, “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi mudiri U.Muhibova, “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi dotsenti, f.f.n. A.Adimbekovlar talabalar bilan ochiq muloqot qildilar. Ularga ona tilimizning davlat tili deb e’lon qilinishi naqadar tilimiz ravnaqi yo‘lida katta ahamiyat kasb etganini. Bu voqea xalqimiz tarixida mustaqillikka qo‘yilgan ilk qadam sifatida yuksak darajada e’tirof etilishini ta’kidladilar. Shuningdek, ma’ruzachilar ona tilimiz rivoji yo‘lida amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda til taraqqiyotida talaba-yoshlarning oldida turgan vazifalar  to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Davra suhbati yakunida talabalar mavzu yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni oldilar.

TDSHI Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi