Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oq yo‘l sizga bitiruvchilar!!!

06.06.2016, 13:04 Yangiliklar 5212

Kuni kecha Toshkent davlat sharqshunoslik institutida har yilgi an’ana tusiga aylanib qolgan bakalavr hamda magistr bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, ota-onalar hamda bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda institut rektori A.Mannonov bitiruvchi talabalarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirar ekan, eng avvalo, ularga sihat-salomatlik, yillar davomida egallagan bilimlarini el-yurt ravnaqi yo‘lida sarf qilib, mamlaktimiz rivojida hissa qo‘shishda hech tolmaslikni, kelgusidagi ishlarida omad yor bo‘lishini tilab qoldi. So‘ng, institutning bir qator professor-o‘qituvchilari ham bitiruvchilarni katta hayotga qadam qo‘yganliklari bilan muborakbod etishdi. Ota-onalar farzandlarining kamol topib bugun mutaxassislik diplomlariga ega bo‘lishlarida institut ma’muriyatiga hamda farzandlariga bilim bergan institut professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Bitiruvchi talabalar bakalavrlik hamda magistrlik diplomlarini ustozlaridan qabul qilib olishdi. Bitiruvchi talabalar o‘qishga kirgan yillaridan bugungi kunga qadar yaxshi bir mutaxasssis bo‘lib yetishishlarida o‘z bilimini ayamay fidokorona mehnat qilgan o‘z kasbiga sidqi dildan yondoshgan barcha ustozlariga minnatdorchilik bildirdi. Ularning bergan saboqlari hayot yo‘llarida katta ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Tadbir a’lo darajada bo‘lib, barchaga ko‘taringki kayfiyat ulashdi.

TDSHI ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Sh.Jo‘rayev