Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oriental studies ilmiy elektron jurnali

“ORIENTAL STUDIES”

ILMIY INNOVATSION JURNALI

“Sharqshunoslik. Vostokovedeniye. Oriental studies” jurnalining elektron nashri hisoblanuvchi “Oriental studies” ilmiy innovatsion jurnali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Ilm–fan – 2020» milliy rivojlanish loyihasi doirasida «Elsevier» kompaniyasi qoshidagi Digital Commons (Bepress) dasturining http://www.uzjournals.edu.uz platformasiga kiritilgan.

Oriental studies” ilmiy innovatsion jurnalining ruknlari quyidagilardan iborat:

1) Arts and Humanities: Classics: Classical Literature and Philology

2) Arts and Humanities: East Asian Languages and Societies

3) Arts and Humanities: History

4) Social and Behavioral Sciences: Political Science

uzjournal

Jurnal tahrir hay’ati tarkibiga xorijiy oliy ta’lim muassasalarining “H-index” yuqori bo‘lgan professorlari va mutaxassislari jalb etilgan. Jumladan, hozirgi kunda hay’at a’zoligi tarkibida Isroilning Quddus universiteti professori V.I.Mesamed, AQShning “New Mexico” universiteti G.Glizon, AQShning Kolumbiya universiteti professori A. Shonazarova, Yaponiyaning Sukuba universiteti professori Ono Masaki, Koreya Respublikasining Xankuk chet tillar universiteti professori Li Dji In, Anqara universiteti professori A.Gurerlar faoliyat yuritmoqda.

Jurnalda xolisona taqriz tizimi konfiguratsiyasi (double-blind peer review) qo‘llaniladi, bunda ilmiy maqolalar mualliflari hamda taqrizchilari to‘risidagi ma’lumotlar maxfiy saqlanadi.

“Oriental studies” ilmiy innovatsion jurnalining «Elsevier» kompaniyasi Digital Commons (Bepress) platformasidagi sahifasi: https://uzjournals.edu.uz/or_stud/

30.07.2020, 12:00 3283